Kuman Runi gol urayotganidan hayratda emas

Tolibjon Qosimov
22 avg 2017
"Everton" ustozi Ronald Kuman "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

- Raqib o'yinni nazorat qildi, ammo ularda xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmadi. Biz esa yana gol urishimiz mumkin edi, ammo buni qila olmadik. Ikkala chetlatish ham unchalik haqli emasdi, ammo hakamlarga ham oson bo'lmadi. Runining samaradorligi meni hayron qoldirmayapti. U "Everton"ga qaytishn juda istadi. Ueyn qaytganidan barchamiz xursandmiz, - deydi Kuman BBC Sport nashriga.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC Sport