Kuman: “Messiga ko'rsatilgan sariq kartochkani bekor qilgan bo'lardim”

Eldor Akmurzayev
1 dek 2020, 20:55
Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida o'tgan "Osasuna" (4:0) bilan bahsda Lionel Messi raqib darvozasiga urgan golini "Nyuellz Old Boyz" libosida Maradona xotirasiga bag'ishlagandi.

Shu sabab, bahs hakami Messiga asosiy futbolkasini echgani uchun sariq kartochka ko'rsatgan.

“Qoidalarni bilamiz, futbolkani echsang – sariq olasan. Biroq, Messi nima uchun bunday qilganini barcha tushunadi. Sariqni aniq bekor qilgan bo'lardim”, deya munosabat bildirgan kataloniyaliklar ustozi Ronald Kuman.

Avvalroq, Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi Messining ushbu harakati tufayli “Barselona”ga 3 ming evro jarima tayinlagan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal