Kuman Garsiyaning transferi amalga oshmagani uchun Firponi "Barselona"da qoldirishga qaror qildi

Alisher
30 yanv 2021
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman himoyachi Xunior Firponing boshqa klubga o'tishini taqiqlab qo'ydi.

Oldinroq, Kataloniya jamoasi 24 yoshli o'yinchini qo'yib yuborishga tayyorligi haqida aytilayotgan edi, ammo Kuman "Manchester Siti" o'yinchisi Erik Garsiyaning transferi amalga oshmagani uchun Firponi qoldirishga qaror qildi.

Firpo uchun "Sautgempton", "Milan" va "Granada" davogarlik qilgan edi, Angliya klubi uni 1 million evro evaziga ijaraga olmoqchi va uning maoshini to'lamoqchi edi, ammo yakunda u "Kamp Nou"da qoldi.

Firpo joriy mavsum La Liga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca