Kulusevski: "Konte qoyilmaqom mentalitetga ega"

Sherzod Nurmatov
20 fev 2022
"Yuventus"ning shvetsiyalik yarim himoyachisi, ayni paytda "Tottenxem"da ijarada o'ynayotgan Deyan Kulusevski "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Kontening ish faoliyati haqida gapirdi.

"Antonio Konte qo'l ostida ishlash ajoyib. U faqat g'alaba qozonishni xohlaydi va qoyilmaqom mentalitetga ega. Uning boshchiligidagi mashg'ulotlar davomida aql bovar qilmaydigan ishlarni bajaramiz", – dedi Kulusevski.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" yarim himoyachini sotib olish huquqiga ega. Kulusevski kecha "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (3:2) yangi jamoasidagi debyut golini urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia