Kulibali nega Neymarni eng yaxshilardan biri deb bilishini aytdi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023
"Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali PSJ hujumchisi Neymarning o'yini haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"PSJga qarshi o'ynaganimda Neymarga qarshi chiqdim. U to'pni aql bovar qilmaydigan tarzda boshqaradi, juda ko'p tryuklarni amalga oshiradi, juda aqlli. U doim dribling qiladi, lekin to'p uzatishda va zarba berishda ham yaxshi. Shuning uchun uni eng yaxshilaridan biri deb hisoblash mumkin", – dedi Kulibali.

31 yoshli futbolchi 19 fevral kuni "Lill"ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi, shundan so'ng Dohada operaciya qilindi. Qayd etilishicha, u mavsum oxirigacha PSJ tarkibiga qaytmaydi.

Braziliyalik futbolchi Fransiya chempionati joriy mavsumida 20 ta o'yinda harakat qilib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal