Kuchli yong'in “Rostov Arena”ga ta’sir o'tkazadimi?

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020
Don chap qirg'og'ida yuzaga kelgan yong'in “Rostov Arena” stadioni tomonga tarqalmaydi.

Bu haqda Rostov-Don mamuriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun o'yingohdan uzoq bo'lmagan erdagi qamishlarning alanga olishi oqibatida yong'in 700 kvadrat metr maydonni qamrab oldi.

“Stadion ishlamoqda, Favqulodda vaziyatlar vazirligining mashinalari bakni suv bilan to'ldirish uchun kelishmoqda, chunki bu eng yaqin nuqta hisoblanadi”, deya xabar qilgan shahar hokimligi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma'lumotiga ko'ra, katta yong'inni o'chirishga 104 kishi va 38ta texnika jalb qilingan. Vazirlik ham “Rostov Arena”ga hech qanday zarar etmasligini tasdiqladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru