Kuarejma turk klubini tark etdi

Alisher
30 iyul 2020
"Qosimposho" yarim himoyachi Rikardu Kuarejmaning jamoadan ketganini e'lon qildi.

36 yoshli portugaliyalik futbolchining turk klubi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 3 avgustiga qadar mo'ljallangan edi.

Portugaliyalik futbolchi "Qosimposho"da bir mavsum to'p tepdi.

Eslatib o'tamiz, xavbek bundan oldin "Beshiktosh", "Portu", "Al Ahli" (Dubay), "Chelsi", "Inter", "Barselona" va "Sporting" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/kasimpasa