Kuadrado – oxirgi 11 yil ichida A Seriyada burchak zarbasidan gol urgan sakkizinchi futbolchi

Eldor Akmurzayev
6 dek 2021
Italiya chempionati 16-turida “Yuventus” o'z maydonida “Jenoa”ni 2:0 hisobida taslim etdi.

9-daqiqada Xuan Kuadrado burchak zarbasidan so'ng, to'pni to'g'ri raqib darvozasiga yo'llab, chiroyli gol urdi. 


Kecha esa “Inter” a'zosi Xakan Chalxanogli shu tarzda “Roma” (3:0) darvozabonini dog'da qoldirgandi.

Bungacha oxirgi 11 yil ichida shu kabi gollarni olti futbolchi urishga erishgan: 2018 yil Pulgar, 2017 yil Kalexon va De Paul, 2015 yil Papu Gomes, 2012 yil Rigoni hamda 2010 yil Di Natale.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru