"Kruzeyro" Lukas Silva uchun kamida 15 million evro so'ramoqda

Aziz Tukhtamuradov
5 dek 2014
"Kruzeyro" prezidenti Jilvan de Pino Tavaresning aytishicha, klub futbolchini kamida 15 million evroga sotmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Real" futbolchi uchun 12 million evro to'lashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

"Lukas masalasida hech qanday taklif olmadik. Rasmiy taklif kutmoqdamiz. Ammo, biz uning narxini belgilab qo'yganmiz.

Agar 15 million evrodan kam pul taklif qilinsa "Kruzeyro" muzokara olib bormaydi", - deydi prezident.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru