Krunich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Mirjalol Normatov
25 avg 2022
"Milan" yarim himoyachisi Rade Krunich yaqin vaqtlar ichida "rossoneri" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytiradi.

28 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2024 yil yoziga qadar amal qilishi kerak edi. Yangi shartnoma orqali futbolchining  maoshi oshiriladi.

Bosniyalik xavbek 2019 yili "Empoli"dan 8,5 million evro evaziga "Milan"ga o'tgandi. U jamoa tarkibida 92 o'yinda qatnashib, 2 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport