Krul va Kolochchini "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng "Nyukasl" avtobusida mushtlashishdi

Aslanov Jasurbek
4 may 2015, 11:53
"Nyukasl" himoyachisi Fabrisio Kolochchini va darvozaboni Tim Krul "Lester"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:3) so'ng xafalashib qolishdi.

Kelishmovchilikning sababi, Krul bir necha marta argentinalik himoyachiga himoyada yaxshiroq harakat qilishni takidlagan, ammo Kolochchini bunga jahl bilan javob bergan. "Nyukasl"ning boshqa futbolchilari mushtlashuvni to'xtatib qolishdi. Ma'lumotlarga ko'ra, Kolochchini mavsumning qolgan uch o'yinida sardorlik bog'ichisiz qoladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com