Kroos Pedriga qarshi fol uchun kechirim so'radi: "Atayin jarohat etkazish niyati yo'q edi. Tezroq sog'ayib ket"

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024
Toni Kroos Pedriga etkazgan jarohati uchun kechirim so'radi.

Ispaniya terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi jarohat tufayli Germaniyaga qarshi Evro-2024 chorak final o'yinida 8-daqiqada almashtirildi.

Toni Kroos unga qarshi kurashda jarohat etkazdi.

"Muhim bir narsa aytmoqchiman: Kechirim so'rayman va Pedri tezroq sog'ayib ketishingni xohlayman!

Senga atayin jarohat etkazishga urinmadim. Sog'ayib ket, sen zo'r futbolchisan" - deydi Toni Kroos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/toni.kr8s