Kroos nima sababdan faoliyatining cho'qqisida butsalarini mixga ilganini tushuntirdi

Khoja
25 may 2024, 08:36
Real Madrid futbolchisi Toni Kroos nima sababdan 34 yoshida faoliyatini yakunlashga qaror qilganini tushuntirib berdi.

Odamlar menga avvalgi Kroos qani deb savol berishlarini istamayman. Men 2-3 yil davomida zaxira futbolchisi bo'lib qolishni istamayman, men zaxirada o'tirishni xohlamayman. Men shu kabi savollardan va zaxira futbolchisi bo'lib qolmasdan faoliyatimni yakunlayotganimdan xursandman, - deb fikr bildirgan Kroos.

Ma'lumot uchun, Kroos 2014 yilda Bavariyadan Real Madridga ko'chib o'tgan. U shu vaqt oralig'ida Qirollik klubi safida 463 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 28 ta gol va 98 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com