Kroos - YCHLdagi 100-o'yinida gol urgan beshinchi futbolchi

“Real” Toni Kroosning urgan goli evaziga YCHL 3-turida “Galatasaroy”dan ustun keldi.

Bu Kroos uchun YCHL doirasidagi 100-o'yin bo'ldi. Toni bu orqali musobaqada eng ko'p o'yin o'tkazgan nemis futbolchilarining kuchli beshligidan o'rin oldi.

Bundan tashqari Kroos musobaqadagi o'zining 100-o'yinida gol urgan beshinchi futbolchi bo'ldi. Undan oldin bunday natijaga Andrea Pirlo, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich hamda Terri Anri erishgandi.


Manba: Gracenot Live