Krixovyakda La Liga va Bundesligadan taklif bor

Alisher
11 mar 2022
"Krasnodar" yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak tez orada Rossiya jamoasidan ketishi mumkin.

Polyak futbolchisi Ukrainadagi vaziyat sabab Krasnodar jamoasi bilan kelishuvni bekor qilmoqchi.

Qayd etish kerakki, yarim himoyachida ispan va nemis klublaridan taklif bor.

Eslatib o'tamiz, Gjegoj joriy mavsum Rossiya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sportowe Fakty