Kristian Veri Xolandni van Bastendan kuchli deb hisoblaydi

Alisher
10 sen 2021
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kristian Veri Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning o'yinidan xayratda.

"So'nggi 20-30 yillarda bunday 20 yoshli hujumchini umuman ko'rmagan edim, hatto Van Basten ham Xolanddek kuchli emas edi. 

Uning jismoniy kuchi boshqalardan 3-4 barobar ko'pdek, u tepgan payt, boshqacha kuchga ega bo'ladi", - deydi Veri.

Xoland Norvegiya terma jamoasida 15ta o'yinda 12ta gol urdi. "Borussiya" tarkibida esa 64ta o'yinda 63ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb