Kristian Fuks MLS klubi o'yinchisiga aylandi

Alisher
7 iyun 2021, 14:56
"Lester" sobiq himoyachisi Kristian Fuks faoliyatini MLSda davom ettiradi.

U "Sharlott" klubi bilan shartnoma imzoladi, bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oldinroq, "Lester" va 35 yoshli avstriyalik futbolchi hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilishgandi.

Fuks 2015 yilning yozidan beri "Lester"da o'ynaydi. U jamoa bilan Angliya chempioni va Angliya Kubogiga ega chiqqan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/CharlotteFC