Kristian Atsu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2021, 00:56
Kristian Atsu Saudiya Arabistonining "Al-Raed" klubiga o'tdi.

Ganalik futbolchi Kristian Atsu, Saudiya Arabistonining "Al-Raed" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq, Atsu "Nyukasl Yunayted" bilan shartnomasi yakunlanganligi sabab erkin agentga aylangandi.

Ma'lumot uchun, ganalik futbolchi faoliyati davomida "Chelsi", "Everton" "Bornmut", "Nyukasl Yunayted" kabi klublarda o'ynagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/ChristianAtsu20