"Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda "Liverpul"ning ikki futbolchisi ishtirok eta olmaydi

Mirjalol Normatov
23 iyun 2020
Himoyachi Joel Matip va xavbek Jeyms Milner APLning 31-turi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Oldinroq sog'lig'ida muammo sezgan hujumchi Muhammad Saloh hamda himoyachi Endryu Robertson esa bahsda qatnashishi mumkin.

"Kecha ular bilan odatdagidek ishladik. Ammo yakuniy qaror ertaga qabul qilinadi.

Matip hamda Milner ertangi o'yinni o'tkazib yuborishadi", - deb izohladi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal