"Kristal Pelas" Favrga 2 yillik shartnoma taklif qildi

Alisher
22 iyun 2021
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq murabbiyi Lyusen Favr faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, shveytsariyalik mutaxassisga "Kristal Pelas" klubi 2 yillik taklif bergan.

Mutaxassis yaqin kunlarda qaror qabul qilishi kerak. Favrga shuningdek "Everton" va "Fenerbaxche" ham qiziqmoqda.

Lyusen Favr "arilar"ni 2018-2020 yillarda boshqardi. "Kristal Pelas" esa 2017 yildan beri klubda ishlayotgan Roy Xojsonni mayda iste'foga chiqardi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira