Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq bosh murabbiyi "Lokomotiv"ni boshqarishi mumkin

Alisher
7 okt 2021
"Lokomotiv" "Borussiya" (Dortmund) sobiq ustozi Lyusen Favr bilan muzokaralar olib bormoqda.

Shveytsariyalik mutaxassisni Moskva klubi sport bo'limini boshqarayotgan Ralf Rangnik tanladi. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli ketmoqda.

Favr "Borussiya"dan 2020 yilning dekabrida ketgan edi va hali ham klubsiz. "Temiryo'lchilar"dan o'z navbatida Marko Nikolich ketdi.

"Lokomotiv" ayni damda RPL turnir jadvalida 17 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes