Krishtianu Ronaldu kam gol urayotgani bilan bog'liq savolga munosib javob qaytardi

Tolibjon Qosimov
2 noya 2017, 19:11
"Real" yetakchisi Krishtianu Ronaldu "Tottenxem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin kam gol urayotgani haqida berilgan savolga javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu joriy mavsum La Ligada bitta va Chempionlar ligasida 6ta gol urdi.

"Kam gol urayapman? Men o'z gollarim borasida mutloq xotirjamman. Siz uchun yaxshi o'yin emas, gollar va raqamlar qiziqroqqa o'xshaydi.

"Krishtianuning gollari" deb internetda qidirib ko'ring. O'sha yerda mening hamma gollarimni topasiz", - deb aytdi Ronaldu.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: cope.es