Krishtianu Ronaldu: "Ferdinand "MYU"ga qaytishimga ko'ndirishga urindi va rostdan ham bu haqida jiddiy o'ylab ko'rdim"

Tolibjon Qosimov
14 yanv 2014, 15:29
"Oltin to'p"ni topshirish marosimidan so'ng Ronaldu o'z intervyusida haqiqatdan ham Rio Ferdinand uni "Old Trafford"ga qaytishga ko'ndirmoqchi bo'lganini tan oldi.
"Rio bilan bu haqida ko'p gaplashganimiz rost. Rio menga akamdek, biz uzoq yillar davomida "MYU"da birga o'ynadik va uning ustiga, bizlar qo'shni ham edik.

U juda ajoyib yigit. Rostdan ham meni qaytishga ko'ndirishga urindi. Bu haqida o'zim ham ko'p o'yladim. Chunki "Yunayted" hali ham mening yuragimda.

U yerda olti yil o'ynadim va klubni hamon sevaman. U yerda ko'plab do'stlarim bor. Hammasiga omad tilayman", - dedi portugaliyalik futbol yulduzi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru