Krishtianu "Ayaks"ga qarshi o'ynamasligi mumkin. UEFA Ronalduga nisbatan ish ochdi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019
"Yuventus" hujumchisi Krishitanu Ronaldu "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvidagi (3:0) harakati uchun UEFA tomonidan jazolanishi mumkin.

Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, futbolchiga nisbatan intizom ishi ochilgan. Tekshiruv natijalari 21 mart kuni e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik bahs oxirida "Atletiko" ustozi Diego Simeonening birinchi uchrashuvda qilgan ishini takrorlagan edi.


UEFA bu harakat uchun Simeonega 20 ming evro jarima solgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA