Krauch faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019
"Liverpul" va Angliya termasining sobiq futbolchisi Piter Krauch faoliyatini yakunladi.

"Yoz davomida uzoq o'yladim va futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Mening shunday kunlarni ko'rib, ajoyib damlarni o'tkazganim uchun barchadan mamnunman", - dedi Krauch.

Angliyalik futbolchi professional faoliyatini "Tottenxem"da boshlagan. Keyinchalik u KPR, "Aston Villa", "Norvich", "Sautgempton", "Liverpul", "Portsmut" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan. Uning so'nggi jamoasi "Bernli" bo'lgandi.

38 yoshli sobiq futbolchi Angliya termasi tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 22 gol kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal