"Krasnodar" futbolchisi "Manchester Siti" yoki "Inter"ga o'tishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
23 iyun 2023
"Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spercyan faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi transferi uchun favorit "Ayaks". Shuningdek, armanistonlik o'yinchiga Italiyadan "Sassuolo", "Fiorentina" va "Inter" qiziqish bildirmoqda.

Bundan tashqari Spercyanda "Borussiya" Menxengladbax va "Manchester Siti" variantlari ham borligi aytilmoqda. "Krasnodar" esa futbolchisi bilan 18 mln evro evaziga xayrlashishga tayyor.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sportitalia.com