Kovalenko va Asimov U-23 Osiyo chempionati saralashida ishlashadi

24 mar 2019, 09:29
O'zbekistonlik hakamlar U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan uchrashuvlarga taklif qilinishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, hamyurtimiz Valentin Kovalenko ertaga bo'lib o'tadigan Bahrayn - Shri-Lanka uchrashuvini boshqarib boradi.Yana bir hamyurtimiz Aziz Asimov esa Livan - Saudiya Arabistoni uchrashuvida ishlaydi. Unga qanotda Ruslan Serazetdinov yordam beradi. 

Bungacha Sherzod Qosimov yon qanot hakami Alisher Usmonov bilan birgalikda U-23 Osiyo chempionati saralashidan o'rin olgan Tayland - Indoneziya uchrashuvini boshqarib borgandi.


Manba: ufa.uz