Kovachich va Ziesh "Chelsi" - "Lill" o'yinida jarohat oldi

Alisher
23 fev 2022
"Chelsi"ning ikki futbolchisi jarohat sabab "Lill"ga qarshi o'yinda oxirigacha harakat qila olishmadi.

Yarim himoyachi Mateo Kovachich 51-daqiqada jarohat sabab o'z o'rnini Ruben Loftus-Chikka bo'shatib berdi.

60-daqiqada Xakim Ziesh maydonni tark etishiga to'g'ri keldi. Uning o'rniga Saul tushdi.

Kovachich va Ziesh maydonni oqsoqlangan holda tark etishdi. Jarohat tafsilotlari tez orada ma'lum bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia