Kovachich va Villian jarohat oldi

Ikkala futbolchi ham “Liverpul”ga qarshi Angliya Kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan bahsda safdan chiqdi.

“Chelsi” yarim himoyachisi Mateo Kovachich “qizillar”ga qarshi bahsning 42-daqiqasida jarohati sabab o'z o'rnini Meyson Mauntga bo'shatib berdi. Ikkinchi bo'limda esa Villian ham safdan chiqdi, uning o'rniga bahsni 51-daqiqadan boshlab Jorjino davom ettirdi.

Ikkala futbolchining holati bo'yicha tibbiy tekshiruvlardan so'ng rasmiy ma'lumot taqdim etiladi.


Manba: Championat.asia