Koutinyu "Arsenal" bilan uchrashuvga tayyor bo'ladi
This Is Anfield tvitterining xabariga ko'ra "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino APLning 4-turida "Suonsi"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohatlangan edi.
Braziliyalik futbolchi hozircha mashg'ulotlarga qo'shilmagan, shu sababli navbatdagi uchrashuvda "Vest Bromvich"ga qarshi maydonga tushmaydi. Lekin 2 noyabr kungi "Arsenal"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.