Koutinoning maqsadi jiddiy. U tatilni erta tugatdi va "Barsa" bilan mashg'ulotlarni boshlab yubordi

Alisher
4 sen 2020
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino "Bavariya"dagi ijaradan so'ng Kataloniya klubiga qaytdi.

28 yoshli xavbek mavsumoldi tayyorgarlik uchun jamoaga qo'shildi. Braziliyalik futbolchiga mavsumni kechroq yakunlagani uchun 8 sentyabrga qadar tatil berilgan edi, ammo u "Barselona"ga ertaroq qo'shildi va mashg'ulotlarni boshladi.

Mundo Deportivo'ning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Koutinoga ishonch bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, YCHL chorak final doirasidagi "Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinda Filippe Kataloniya jamoasiga 2ta gol urgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona