Koutinoning agenti PSJ bilan muzokaralar o'tkazdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2019
"Barselona" futbolchisi Filippe Koutinoning agenti Juliano Bertoluchchi Kataloniya klubi hamda PSJ vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi.

"Goal" xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Neymarning "Barselona"ga qaytishidagi jihat bo'ladi. Hozirda Koutino uchun "Bavariya" ham davogarlik qilmoqda. Aytilishicha, agent avvaliga Parijda muzokaralar o'tkazgan va Kataloniyaga yetib borib, mijozining u erdagi kelajagi borasida gaplashib olgan. Yozda katta ehtimol bilan Neymar va Koutino o'z jamoalarini o'zgartirishi mumkin.

O'tgan mavsumda Koutino LaLiganing 34 o'yinida qatnashib, 5 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal