Koutino: “Liverpul” Chempionlar ligasiga qaytishni istayapti”

“Liverpul” yarim himoyachisi Felipe Koutino, jamoasining kelajakdagi rejalari xususida fikr bildirib o'tdi.

- “Liverpul” Chempionlar ligasiga qaytishni istayapti, ammo buni amalga oshirish qiyin bo'lishini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Oldinda bizni12 ta o'yin kutayapti va ushbu o'yinlarda maksimal tarzda g'alaba qozonishimiz shart. Bundan keyin faqatgina yaxshi natija uchun kurashamiz”, - Koutinoning so'zlarini keltiradi “qizillar” rasmiy sayti.


Manba: football.kulichki.net