

"Uning o'zini tutishi jamoadan ketishimgi sabab bo'lgandi. Barchada ham unday emas. Masalan Simeone "Atletiko"ning barchasi futbolchilari bilan ochiq-oydin gaplashadi. Ular bilan yaxshi ishlaydi va yordam berishga harakat qiladi.
"Chelsi" futbolchilari uni chempion qilishdi. Shundan keyin u menga sms-xabar yozdi va kerak emasligini aytdi. Qarang, u hozir qayerda?
Har doim "Atletiko"ga qaytish istagim borligini aytganman. Agarda meni bu jamoaga qo'yib yuborishmaganida faoliyatimni yakunlardim va Braziliyada dam olardim. Bu pul topishdan muhimroq", - dedi Kosta.



