Koreya. Ikrom Aliboev jamoasining raqiblari kambek qilishdi

Mirjalol Normatov
20 okt 2019
Bugun Koreya K-Ligasining 34-turi doirasidagi "Gangvon" - "Seul" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qayd etish kerak, ushbu bahsda mezbonlar kambek qila olishdi. Ikrom Aliboev harakat qilayotgan "Seul" uchrashuvning 83-daqiqasida hisobda oldinga chiqib olgandi. Keyinchalik poytaxtliklar 87 va 90+2-daqiqalarda gollar o'tkazib yuborishdi.

"Gangvon FK" - "Seul" 3:2

Gollar: Li In Kyu (20, 0:1), Li Xyun-Sik (52, 1:1), Pak Che Yon (83, 1:2), Li-Yong Jae (87, 2:2), Li Xyun-Sik (90+2, 3:2).

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida Ikrom Aliboevga sariq kartochka ko'rsatildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express