Konte "Napoli"dan ketadi, klub uning o'rniga ikkita nomzod topib qo'ygan

Omonjon To`xtamirzayev
19 apr 2025
Mavsum oxirida Antonio Konte "Napoli" bosh murabbiyiligidan ketadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, mutaxassis mavsum so'ngida Neapol klubidan ketishga qatiy qaror qilgan.

Kontega o'rinbosar sifatida "Napoli" Massimiliano Allegri va Vinchenco Italyano nomzodlarini o'rganib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, 32 o'yinda 68 ochko jamg'argan "Napoli" ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi "Inter"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Никола Шкира твиттери