Konte Osimxen borasidagi xabarni tasdiqladi va qattiq javob berdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2024
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte hujumchi Viktor Osimxen ushbu mavsum A Seriyada o'ynamasligini tasdiqladi.

"Endi hech kim asosiy tarkibga qaytmaydi. Loyihadan tashqaridagi futbolchilar tashqarida qolaveradi. Biz o'z tanlovimizni aniqlab oldik va birgalikda bir yo'nalishda ishlamoqdamiz", - dedi murabbiy Fabricio Romanoga.

Ma'lumot uchun, jamoadan kyetishni ochiq-oydin aytganidan keyin Osimxen "Napoli"ning A Seriya uchun qaydnomasidan chiqarib yuborildi. Biroq u jamoadan keta olmadi. Transferlar oynasi yakuniga qadar u "Chelsi"ga o'tishi kerak edi. Biroq tomonlar moliyaviy tomondan kelisha olishmadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia