Konte MYU haqida: "Ronaldu, Varan va Sancho bilan kuchayib, o'tgan mavsumdan ham yomon o'yin ko'rsatishdi"

Aziz Tukhtamuradov
22 apr 2022
Antonio Konte Erik ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganiga o'z munosabatini bildirdi.

"Albatta biz katta, jiddiy klub haqida gaplashyapmiz. Yoddan chiqarmang,  MYU o'tgan mavsumda ikkinchi o'rinni egalladi va o'z tarkibimiz Ronaldu, Varan va Sancho kabi futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. G'alati, ular tarkibni kuchaytirgan bo'lsalarda, o'tgan mavsumdan ko'ra yomonroq natija ko'rsatishdi. Bu Angliyada barchasi qiyin ekanligini ko'rsatmoqda. 

APLda ishlash har qanday murabbiy uchun qiyin. Bu erda daraja yuqori. "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi esa qattiq bosim bilan to'qnashadi. Sovrinlar uchun kurashish kerak. Bu oson emas, chunki boshqa jamoalarda ham shunday rejalar bor", - dedi "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Manchester Evening News