Konte Brozovichni "Tottenxem"ga taklif qilmoqchi

Alisher
7 noya 2021
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli xorvat uchun "Tottenxem" davogarlik qilmoqda. Londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte o'yinchini o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Brozovich esa Milan klubi bilan 2022 yilnnig yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmayapti. "Neradzurrilar" futbolchiga 2025 yilning iyuniga qadar shartnoma va bonuslarsiz 5 mln evro taklif qilishmoqda. Xorvat esa uzoqroq shartnoma va 7 mln evro maosh xohlamoqda.

Brozovich joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercato