Konte: "Atalanta" o'tgan mavsumni "Inter"dan yuqorida tugatganini yoddan chiqarmaslik lozim"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasida "Atalanta"ga qarshi o'yindagi 1:1 hisobidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Milanliklar ayni damda 1 ochko farq bilan "Yuventus"ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Yuve" esa bugun "Roma"ga qarshi bahs olib boradi.

"Biz o'yinga 4 nafar asosiy futbolchilarimizsiz keldik. Buni jiddiy yo'qotish desa bo'ladi. "Atalanta" o'tgan mavsumni "Inter"dan yuqorida tugatganini yoddan chiqarmaslik lozim. "Inter" ham kuchli jamoa, shu boisdan raqiblarni mag'lub etish uchun bor kuchimizni ishga soldik. Umid qilamanki, futbolchilarimiz kamroq jarohat olib, o'yinlarni kamroq o'tkazib yuborishsin. Barella diskvalifikaciya qilingan, Vesinoning oyog'ida muammolar bor. Aleksis Sanches esa oldingi holatiga qaytishi kerak", - dedi Konte.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia