Konstantino Vaporaki: "Oxirgi ikki mundialda finalga chiqdik, biroq hozir hal qiluvchi bosqich haqida o'ylamayapmiz"

Оқил Абдубарноев
28 sen 2024
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) Argentina terma jamoasi hujumchisi Konstantino Vaporaki saytimizga intervyu berdi.

"Xorvatiyaga qarshi chindan qiyin o'yin o'tkazdik. Xorvatiya so'nggi yillarda katta o'sishga erishdi. Ularda etuk o'yinchilar bor, biroq biz o'z vazifamizni a'lo darajada bajardik. Hisobda oldinda bo'lsak, o'zimizni yanada qulayroq his qilamiz va bu o'yinni nazorat qilishimizga zamin yaratadi. Natijali adolatli bo'ldi.

Biz boshqa o'yinlarga e'tibor bermaymiz, faqatgina o'zimizga diqqatimizni qaratamiz. Faqatgina raqib jamoani o'rganib, tahlil qilamiz. Albatta, ko'proq gol urib, g'alaba qozonish gashti o'zgacha, biroq 2:0 hisobidagi g'alaba ham yomon emas. Muhimi, keyingi bosqich masalasini hal qildik.

To'g'ri, biz so'nggi ikki mundialda finalga qadar yetib bordik, biroq hozir hal qiluvchi bosqich haqida o'ylamayapmiz, balki boschiqma-bosqich har bir raqib ustida bosh qotiramiz. Avvallari ham shunday anana bo'lgan. Finalgacha o'yinlar ko'p, shu bois hozirda faqatgina keyingi bosqich haqida bosh qotirishimiz kerak", dedi Vaporaki.

Eslatib o'tamiz, Argentina chorak finalda Qozog'istonga qarshi bahs olib boradi. 

Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia