KONKAKAF mintaqasidan Amerika Kubogi-2024 turniri yo'llanmasi uchun o'ynaydigan juftliklar ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
19 okt 2023
Mayamida KONKAKAF millatlar ligasining 1/4 finaliga qur'a tashlandi.

Ushbu bosqichda g'olib chiqqan jamoalar 2024 yili o'tkaziladigan Amerika Kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. 

Unga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi: 

Meksika - Gonduras;

SSHA - Trinidad va Tobago;

Kanada - Yamayka;

Kosta-Rika - Panama.

O'yinlar 16-17 va 20-21 noyabr kunlari uy-safar tizimida o'tkaziladi. 

Juftliklarda mag'lub bo'lgan 4 ta jamoa kelasi yili mart oyida yana 2 ta yo'llanma uchun kurashish imkoniga ega bo'ladi. 

Amerika kubogida umumiy hisobda 16 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning 10 tasi Janubiy Amerikadan, 6 tasi esa KONKAKAF mintaqasidan bo'ladi. Musobaqa 20 iyun - 14 iyul kunlari AQSHda tashkil etiladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com