Konate Saudiya Arabistoni klubiga o'tishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish niyatida emas.

"Mirror Football" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasining taklifini rad etishga qaror qilgan, chunki mudofaa vakili Yevropada o'ynashda davom etmoqchi.

Avvalroq "Real" va "Liverpul" kutilmagan almashuvni rejalashtirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Konate o'tgan mavsus Angliya chempionatida 31 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mirror Football