

Ommaning sevimli jamoasiga aylangan nemislar guruh bosqichida qolib ketdi va bahona izlash boshlandi. Omadsizlik, charchoq, ko'z tegishi, lanat, hammasi sotib olingan - taxminlar ko'p. Aslida esa hammasi boshqacha bo'lgan: Futbolchilar soatlab Fortnite va FIFA o'ynashgan.
Oddiy odam uchun professional futbolchilarning hayoti zerikarlidek ko'rinishi mumkin: Tinimsiz mashg'ulotlar, qatiy kun tartibi, tanqidchi jurnalistlarning e'tibori va ko'plab taqiqlar. Biroq futbolchilarga ham o'yin kulgi kerak. Butun dunyoni mahf etayotgan Fortnite o'yinidan saqlanish uchun bunkerga yashirinish kerak, shundagina "qirollik jangi" nomli kasallik futbolchilarga yetib bormaydi.

Matbuot bergan ma'lumotlarga ko'ra, multfilmli jang Germaniya terma jamoasi uchun haqiqiy bosh og'rig'iga aylandi. Jahon chempionati paytida futbolchilar soatlab Fortnite va FIFA o'yinida bellashishgan. Tushuntirishlar foyda bermagan - sportchilar tonggi soat to'rtgacha kompyuter oldida o'tirishgan. Rahbariyat futbolchilarni o'ylab xonadagi Wi-Fi larni o'chirib qo'yishga majbur bo'lgan, ammo bu jahon chempionatida g'olib bo'lishga yordam bermadi.
Fransiya hamda Xorvatiya o'rtasidagi JCH-2018 finalida Fortnite ga joy topildi. Antuan Grizmann gol urib, uni o'sha o'yindagidek nishonladi.




