Kompani PSJ ustidan qozonilgan g'alabadan keyin: "Yana 1-2 ta gol urganimizda o'yin ancha xotirjam ruhda o'tardi"

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2024
Vensan Kompani "Bavariya"ning PSJga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qilganini ma'lum qildi.

Myunxen klubi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Albatta, men qoniqish hosil qildim. Biz muxlislar uylariga xursand ruhda yo'l olishlarini istagandik va buni uddaladik. Birinchi bo'limdagi pressingimiz juda yaxshi chiqdi.

Biz yana bitta yoki ikkita gol urishimiz mumkin edi va o'shanda o'yin ancha xotirjam ruhda davom etardi. Umumiy olib aytganda, biz yaxshi o'yin o'tkazdik", – dedi "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Uefa.com