"Komo" PSJ futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher Ostonov
12 avg 2025
Arnau Tenas PSJdan "Komo"ga o'tishi mumkin.

Italiya klubi 24 yoshli darvozabon nomzodini ko'rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marcio.

Sesk Fabregas jamoasi Jan Byutega juftlik uchun yangi darvozabon qidirmoqda.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi Tenas parijliklar safiga 2023 yilning iyulida kelib qo'shilgan va 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com