

Myunxen klubi forvardning keyingi sotuvidan 40% summaga egalik qilish huquqini saqlab qoldi.
Pizano - Turinda tavallud topgan va "Yuventus" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yilda Myunxenga ko'chib o'tgan. "Bavariya" hamon futbolchining salohiyatiga yuqori baho beradi, aynan shu sababli u bilan aloqalarni to'liq uzib yubormadi. Nemislar nafaqat uning keyingi ehtimoliy transferidan kattagina foizini oladi, balki uni birinchi bo'lib sotib olish imkoniyatini saqlab qolgan.



