Komiljon Rasulov futbol hakamligidan umrbod chetlatildi

Aziz Tukhtamuradov
11 noya 2023
O'FA hakamlar qo'mitasi qarori e'lon qilindi.

Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Olimpik” uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga ta’sir qildi.

Ushbu holat yuzasidan O'FA maxsus inspeksiyasi tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko'rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o'yinchilari unga xalaqit berib, turli kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratgani ma'lum bo'ldi. Shu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko'rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarini jilovlay olmasdan “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o'z tushuntirish xatida aybiga to'liq iqror bo'lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto'g'ri qaror chiqarganligi uchun o'z pushaymonligini bildirib o'tdi.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko'ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo'pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати