

"Biz diqqatimizni yo'qotganimiz yo'q. Oldinda Marokash milliy terma jamoasi bilan o'yin kutyapti. G'alaba qozonish uchun bor kuchimizni sarflashimiz kerak.
Marokash qiyin guruhdan chiqdi va turnirda yaxshi ishtirok etmoqda. Ular yarim finalda bo'lishga loyiq. Biz katta taktik ish ustida ishlashimiz lozim", – dedi Koman.
Fransiya yarim finalda Marokash bilan kuch sinashadi. O'yin 14 dekabr, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.



