Koman faoliyatidagi 20-sovringa ega chiqdi. U atigi 24 yoshda

"Bavariya" YCHL-2019/20 chempioniga aylandi.

Turnir finalida g'alaba to'pini kiritgan 24 yoshli yarim himoyachi Kingsli Koman professional faoliyatidagi 20-kubokni qo'lga kiritdi.

Futbolchi "Bavariya"da 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. U nemis klubi bilan 5 marta mamlakat chempionati, 3 martadan Germaniya kubogi va Superkubkida zafar quchgan.

"Yuventus"da Koman 2 marta A Seriya, shuningdek, Italiya kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan. PSJ bilan 2 bor Fransiya chempioni, bir martadan Liga kubogi va Superkubokni yutgan.

YCHL. "Bavariya" - turnirning barcha o'yinlarini yutgan 1-jamoa 


Manba: Gracenote Live